Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mamlakatimizda 2020 yilda hunarmandchilik markazlarining barpo etilishi haqida

Mamlakatimizda 2020 yilda hunarmandchilik markazlarining barpo etilishi haqida

Mamlakatimizda 2020 yilda
hunarmandchilik markazlarining barpo etilishi haqida
(2020 yil 28 iyulь holatiga)
Xorazm viloyati Yangiariq tumani Kattabogʼ qishloq hududidagi
“Hunarmandchilik markazi”da hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish ishlari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Kattabogʼ qishlogʼida “Yangiariq kulolchilik markazi” tashkil etilmoqda. Kulolchilik markazi anʼanaviy uslubda qurilmoqda va bu yerda kulolchilik yoʼnalishida 70 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Kulolchilik markaziga kirish uchun qurilayotgan asosiy darvozaning qurilishi yakunlandi, darvozaning chap tarafidagi pano aks ettiriladigan devor qurilishi yakunlanmoqda, oʼng taraf qurilishi boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Hunarmandlar ustaxonalarining taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek markazning elektr montaj ishlarining 60 foizi bajarildi.

Аndijon viloyati Shaxrixon tumanidagi
“Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi” qurilish jarayonlari

Аndijon viloyati Shaxrixon tumanida “Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi”ni barpo etish boʼyicha “Mikrokreditbank” АTB ga majmuada qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun kredit mablagʼlari ajratish tavsiya etilgan va bugungi kunda karantin koidalariga rioya qilingan holda ”Yangi zamon kuruvchi” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Аndijon viloyat hokimligi, ”Uzsuvtaʼminot” АJ, ”Hududiy elektr tarmoklari” АJ va “Hududgaztaʼminot” АJ bilan birgalikda ”Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmuasi” kurib foydalanishga topshirilguniga qadar majmua hududigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini byudjet mablagʼlari va moliyalashtirishning boshqa ichki manbaalari hisobidan qurib, majmuani suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan oʼrnatilgan tartibda mavjud resurslar doirasida taʼminlashi koʼzda tutilgan.

Mazkur markazni foydalanishga topshirilishi natijasida 60 ustaxona tashkil etilishi natijasida ”Usta-shogird” maktabi asosida 250 nafar yangi ish oʼrinlari yaratiladi.

Shuningdek, mazkur markazda hunarmandchilikning pichoqchilik, milliy liboslar, doʼppi, kashtachilik kabi faoliyat turlari tashkil etiladi, bu hunar turlarini bir joyga jamlanishi esa oʼz navbatida viloyatga kelayotgan sayyohlarning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanishi mumkin, hamda viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari sport salohiyatini ortishiga olib keladi.

Hozirda markazda fundament quyish va gʼisht terib devor koʼtarish ishlari davom etmoqda.

Fargʼona viloyati Rishton tumanidagi “Hunarmandchilik markazi”da qurilish jarayonlari

Rishtonning betakror kulolchilik sanʼati maktabi dovrugʼini jahon ahli yaxshi biladi.

Rishton tumanida boʼsh turgan bino oʼrnida 1,1 gektar yerda “Hunarmandchilik markazi oʼziga xos “Kulollar shaharchasi”da 20 nafar kulol uchun maxsus ustaxona, doʼkonlar barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun majmua tarkibida mehmonxona qurilishi ham koʼzda tutilgan. Shu tariqa ushbu markazda 100 ta yangi ish oʼrni yaratiladi.

.Ustaxonalarni taʼmirlash ishlari boshlangan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Odina” majmuasi

2020 yilning birinchi yarmida Qarshi shahridagi Odina tarixiy-meʼmoriy majmuasi hududida milliy hunarmandchilikning koʼplab yoʼnalishlarini oʼzida mujassam etadigan zamonaviy hunarmandlar bozori ochiladi.

Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilayotgan bu zamonaviy bozor oʼziga xos markaz vazifasini bajarib, u yerda xalq amaliy sanʼati ustalarining savdo rastalari bilan bir qatorda milliy hunarmandchilik mahsulotlarining koʼrgazma zali va galereyasi ham boʼlishi koʼzda tutilmoqda. Аyni paytda hunarmandlar bozoriga tashrif buyuradigan mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun folьklor-etnografik ansambllarining dasturlarini namoyish etish, milliy qandolatlar va shirinliklar taklif qilish yoʼlga qoʼyiladi. Karantin sababli rekonstruktsiya ishlari toʼxtab qolgan.

Author: Uyushma axborot xizmati