Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Karmana tumanidagi “Hunarmandchilik markazi” binosining majlislar zalida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev, viloyat hokimining oʼrinbosari Fahriddin Soliev, viloyat Soliq, Iqtisodiy va sanoat, “Hunarmand”, Bandlik, Savdo-sanoat palatasi, Turizm boshqarmalari rahbarlari, Markaziy bank, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Аgrobank” tijorat banklarining hududiy boshqarma boshliqlari, tajribali hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noya¬br¬dagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlan¬ti¬rish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quv¬¬vatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Far¬moni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarorining viloyatdagi ijrosi, shuningdek “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va bugungi kunda viloyatda faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning muammolari (kredit, yer-joy) masalalari tinglanib, ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, Qiziltepa tumanida faoliyat olib borayotgan hunarmand kulol Nodirbek Quvonov yer joy bino ajratish toʼgʼrisida, milliy liboslar tayyorlash ustasi hunarmand Mayram Haydarova hunarmandchilikning novdalardan buyumlar toʼqish yoʼnalishiga supurgi tayyorlash, hamda milliy poyabzal tayorlash yoʼnalishiga poyabzalni taʼmirlash ishlarini kiritish lozimligini gapirdi. Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati