Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunar – zar: Hunari bor odam hech qachon kam bo‘lmaydi

Hunar – zar: Hunari bor odam hech qachon kam bo‘lmaydi

“Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limining a’zosi Nargizaxon Boymirzayeva 10 yildan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Tikuvchilik kasbi ortidan ro‘zg‘or tebratayotgan Nargizaxon dastlab o‘zi istiqomat qilayotgan Oqtepa mahallasi hududidagi xotin-qizlarga buyurtma asosida xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalik uning faoliyati kengaydi. Qolaversa mahalladagi tikuvchilikka qiziqishi bo‘lgan opa-singillarini ustoz shogird an’anasi asosida kasbga o‘rgatib kelmoqda. Hozirda ularning 30…

“Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limining a’zosi Nargizaxon Boymirzayeva 10 yildan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Tikuvchilik kasbi ortidan ro‘zg‘or tebratayotgan Nargizaxon dastlab o‘zi istiqomat qilayotgan Oqtepa mahallasi hududidagi xotin-qizlarga buyurtma asosida xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalik uning faoliyati kengaydi. Qolaversa mahalladagi tikuvchilikka qiziqishi bo‘lgan opa-singillarini ustoz shogird an’anasi asosida kasbga o‘rgatib kelmoqda. Hozirda ularning 30 nafardan ziyodi mustaqil ravishda o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Ayni kunlarda esa o‘z xonadonida shogirdlari bilan birga buyurtma asosida kiyim-kechak tikishni yo‘lga qo‘ygan. Joriy yilda Nargizaxonga faoliyatini kengaytirishi va qo‘shimcha ish o‘rni yaratishi uchun mahalla hokim yordamchisi tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati