Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi gʼoliblarining tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi

“Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi gʼoliblarining tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi

“Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi”
III Respublika tanlovi gʼoliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent shahridagi INXА universitetida oʼtkazildi.
Taqdirlash marosimida turli xorijiy tashkilotlarning vakillari, vazirlik, agentlik, idoralar hamda Oʼzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi xodimlari, Oʼzbekiston ixtirochi ayollari markazi ekspertlari, tanlov ishtirokchilari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Аytish lozimki, tanlovning birinchi bosqichida 4000dan ziyod mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga oʼz texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida olima ayollar, tadqiqotchilar, iqtidorli talaba va oʼquvchi qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassis, hunarmand hamda tadbirkor xotin-qizlar oʼz ixtirolari, innovatsion gʼoya, texnologiya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Tanlovda “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi”, “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi”, “АKT sohasi boʼyicha eng yaxshi innovatsion loyiha”,“Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha)”, “Iqtidorli qizning istiqbolli innovatsion gʼoyasi”, “Eng yaxshi biznes loyiha (iqtisodiyotning turli yoʼnalishlari boʼyicha)”, “Omadli start (oʼz innovatsion loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi boʼlayotgan xotin-qizlar uchun)”, “Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyalarida xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Tanlovning 1-bosqichi oʼtgan yilning oktyabr – noyabr oylarida ishtirokchilarning hujjatlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar (tuman, shahar) tanlovning xududiy tashkiliy qoʼmitalari tomonidan qabul qilib olindi, ishtirokchilar roʼyxati shakllantirildi.
Tanlovning 2-bosqichida 2019 yilning dekabr va joriy yilning yanvar oyida oʼtkazildi. Tanlov ishtirokchilaridan qabul qilib olingan hujjatlar, innovatsion loyihalar baholash mezoniga muvofiq, hududiy Ekspertlar kengashi tomonidan tahlil qilindi. Ishtirokchilar oʼz innovatsion loyihasi yuzasidan Ekspert kengashi oldida taqdimotlar qilishdi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining ishlanmalari, maket hamda innovatsion mahsulotlari boʼyicha koʼrgazmalar ham tashkil qilindi.
Tanlovning 2-bosqichi gʼoliblari aniqlangach, ular Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar xokimliklari tomonidan sertifikat va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanib, tanlovning yakuniy Respublika bosqichiga yoʼllanma olishdi.
«Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi»
IIIRespublika tanlovinining yakuniy bosqichida, mamlakatimizning barcha hududlaridan tavsiya etilgan 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi jumladan, “Hunarmand” uyushmasining masʼul rahbar-xodimlari tomonidan koʼrib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, atroflicha muhokama qilindi. Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlovning gʼoliblari sifatida tanlab olindi.
Respublika bosqichi gʼoliblarini tantanali taqdirlash marosimida turli nominatsiyalar boʼyicha sovrindorlar Oʼzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Shuningdek eng yaxshi deb topilgan iinovatsion loyiharning mualliflari Koreya Ixtirochi ayollari asotsiatsiyasi tomonidan xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati