Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarorining 1-ilovasi 11-bandida “Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatish, jumladan elektron tijorat (E-kommerse) yo‘nalishi orqali sotishni kengaytirish” hamda 1-ilova 15-bandida “Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarorining 1-ilovasi 11-bandida “Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatish, jumladan elektron tijorat (E-kommerse) yo‘nalishi orqali sotishni kengaytirish” hamda 1-ilova 15-bandida “Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlariga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 oktyabr kuni  “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi a’zolarining 50 nafarga yaqin hunarmandlari Samarqand shahar “Abadiy shahar” majmuasida tashkil etilgan o‘quv kursda ishtirok etdi.

Author: Uyushma axborot xizmati