Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida

“Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning ijrosiga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tadbirlarda viloyatda yosh avlodni maʼnaviy barkamol inson etib tarbiyalash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish, ayniqsa ularning hunarga qiziqishini oshirish boʼyicha davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus keng targʼib qilinmoqda.
Jumladan, bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning shahar va tuman boʼlimlarida ijrosini taʼminlash maqsadida tajribali hunarmandlar tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yoʼnalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar tushuntirilishiga, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilishiga, hunarmadlar faoliyati tanishtirilishiga keng eʼtibor qaratilmoqda.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ularni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb qilish maqsadida Zarafshon shahrida “Hunarmand” uyushmasi shahar boʼlimi, shahar «Barkamol avlod» bolalar markazi hamkorligida markazning majlislar zalida maktab oʼquvchilari, ishsiz xotin-qizlar ishtirokida “Hunaring-ziynating!” shiori ostida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda usta hunarmand Zunnat Muqumova mahorat darslari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda “Hunarmand” uyushmasining boʼlimi boshligʼi L.Pulotov hunarmandchilik faoliyati, hunarmandlarga berilayotgan qator imtiyozlar toʼgʼrisida soʼz yuritdi.
Hunarmand Zunnat Muqumova tomonidan milliy liboslar tayyorlash hunari boʼyicha mahorat darslari ishtirokchilarga manzur boʼldi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati