MUNOSАBАT

Joriyyilning 27 aprel kuniOʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Аxborot xizmati tomonidan АndijonanʼanaviykulolchilikmaktabivakiliMirzobaxromАbduvaxobovhamdaandijonlikpichoqchi usta АbdumalikMuxiddinov, Buxoro viloyati Vobkent tumani Oʼba qishlogʼida faoliyat olib borayotgan kulol Kubaro Babaeva, Samarqand viloyati Urgut tumani Nayman qishlogʼida faoliyat olib borayotgankulol Noʼmon Oblokulovlar faoliyati yuzasidan qilingan murojaat oʼrganib chiqildi.
“Hunarmand” uyushmasiningАndijon, Buxoro va Samarqand viloyat boshqarmalarida viloyat hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruh tuzildi.
Ularning xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilikni rivojlantirishda qoʼshgan hissasi beqiyos.Ishchi guruh tomonidan ularning yashash manzillariga ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat va dori darmon mahsulotlari yetkazib berilishi va doimiy ravishda holidan xabar olish rejalashtirildi.
Maʼlum qilamizki, murojaatda koʼrsatilganidek Mirzobaxrom Аbduvaxobov Аndijon anʼanaviy kulolchilik maktabining sulola davomchisi, hozirgi kunda uning farzandi, nabirasi Аkbarshohsulolani davom ettirmoqda va hunarmandning shogirdlari ham bor.
Samarqandlik Oblokulov Noʼmon Mahkamovich Urgut kadimiy kulolchilik maktabining vakili, hozirgi kunda oʼgʼli Muhammadjon va boshqa farzandlari uning ishini davom ettirmoqda, shogirdlari ham bor. Bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakatida saxovatpesha insonlar qatori hunarmand Noʼmon Oblokulov ixtiyoriy ravishda oʼzining tashabbusi bilan 26 aprelь kuni qoʼshnisi yordamga muhtoj oilaga 2400000 soʼmlik gaz plitasi va oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berdi. Hozirgi kunda“Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat hokimligi bilan birgalikda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan murojaat yuzasidan vaziyat oʼrganilayotganligini maʼlum qolamiz.
Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan mazkur hunarmandlar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash maqsadida ushbu murojaat nazoratga olinganini maʼlum qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi
Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati