Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Qoraqalpogʼiston Respublikasida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 3 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Respublika “Hunarmand” uyushmasining boʼlim boshligʼi Baxtiyor Аllakov, hududda faoliyat olab borayotgan 20 nafar tajribali hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, musiqa asboblari ustasi hunarmand N.Jolmanov daraxtlarni kesib olish uchun ruxsatnoma ishlab chiqish kerakligi haqida, G.Embergenova avloddan avlodga hunar oʼrgatib kelayotgan hunarmandlarga yer ajratilishi haqida, Uyushma boʼlim boshligʼi B.Аllakov hunarmandlar ixtiyoriy ravishda xom-ashyoni xarid qilishi haqidagi taklifni bildirdilar. Shuningdek, hunarmand Ye.Ibadullaev mahorat darsi oʼtkazish uchun madaniy meros obʼektlaridan xona ajratish haqida, Boshqarma boshligʼi D.Аllambergenova arqon ishlab chiqarish hunarmanchilik turiga kiritish, hunarmand N.Jolmanov musiqa asboblari yoʼnalish turiga “doʼmbra” soʼzini kiritish haqidagi taklifni bildirdilar.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati