Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xotin-qizlar kasb-hunarga o’qitildi

Xotin-qizlar kasb-hunarga o’qitildi

“Hunarmand” uyushmasi Xiva tuman bo’limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va kasanachilikka jalb etish borasida  ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, Xiva shahar “Sangar” mahallasida tashkil etilgan o’quv maskanida 20 nafar xotin-qizlar  tikuvchilik yo‘nalishidagi 3 oylik kurslarda qatnashib, bu boradagi ko‘nikmalarini shakllantirib, tegishli tartibda imtihon topshirdilar. O‘quv mashg‘ulotlarini “Hunarmand” uyushmasi a’zosi…

“Hunarmand” uyushmasi Xiva tuman bo’limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va kasanachilikka jalb etish borasida  ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xiva shahar “Sangar” mahallasida tashkil etilgan o’quv maskanida 20 nafar xotin-qizlar  tikuvchilik yo‘nalishidagi 3 oylik kurslarda qatnashib, bu boradagi ko‘nikmalarini shakllantirib, tegishli tartibda imtihon topshirdilar. O‘quv mashg‘ulotlarini “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Rayhon Abdullaеva olib bordi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan ayollar mahsus sertifikatga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ularga subsidiya asosida tikuv mashinalari berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati