Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi»

«Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi»

XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan  Xanchjou shahridagi «Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi»da ishtirok etish biz uchun katta sharaf. Xalqaro tadbirning dunyoga mashhur Ipak muzeyida o‘tkazilayotgani biz uchun ayniqsa qadrli. Chunki, hunarmandchilikning ushbu yo‘nalishi mamlakatlarimizni kamida uch ming yillik tarixi bilan birlashtirib turadi. ⠀ Ipak bilan savdo qilingan davrlarda bizni qalin diplomatik munosabatlar, madaniyat va texnologiyalar almashinuvi…

XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan  Xanchjou shahridagi «Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi»da ishtirok etish biz uchun katta sharaf. Xalqaro tadbirning dunyoga mashhur Ipak muzeyida o‘tkazilayotgani biz uchun ayniqsa qadrli. Chunki, hunarmandchilikning ushbu yo‘nalishi mamlakatlarimizni kamida uch ming yillik tarixi bilan birlashtirib turadi.

Ipak bilan savdo qilingan davrlarda bizni qalin diplomatik munosabatlar, madaniyat va texnologiyalar almashinuvi yanada yaqinlashtirdi. Bu esa Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab o‘zaro taraqqiyot va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilgan. An’analarimiz va asosiy qadriyatlarimiz  o‘xshashligi ham balki shundandir. Xitoylik do‘stlarimizga samimiy mehmondo‘stligi va o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ipakchiligimiz tarixi — umumiy madaniy merosimizning ajralmas qismi bo‘lib, mazkur ko‘rgazma buni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Author: Uyushma axborot xizmati