Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasida “Hunarmand” uyushmasi mutasaddi tashkilotlar va hokimliklar bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi

Hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasida “Hunarmand” uyushmasi mutasaddi tashkilotlar va hokimliklar bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi

2021 yil 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida Hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasida “Hunarmand” uyushmasi mutasaddi tashkilotlar va hokimliklar bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari…

2021 yil 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida Hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasida “Hunarmand” uyushmasi mutasaddi tashkilotlar va hokimliklar bilan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 3-4 yilda hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi, shuningdek bu borada qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi.

Buning natijasida, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratildi.

Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasida 40 ming nafardan ortiq hunarmandlar faoliyat yuritib kelmoqda. Bu ko‘rsatgich Farmongacha bo‘lgan davrga nisbatan 4 barobarga oshdi. Shu bilan birga, usta-shogird an’analari rivojlanib, respublikada shogirdlar soni 67,8 ming nafarga yetdi, Respublikada yaratilgan ish o‘rinlari soni 175,0 ming tani tashkil etmoqda. Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida o‘tgan 2020 yilda respublikada 14 675 ta loyiha uchun kredit ajratilishi belgilangan, amalda 18 736 ta loyihaga tijorat banklari tomonidan jami 580,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Tijorat banklari bilan kelishilgan yig‘ma dasturga ko‘ra, banklar tomonidan 2021 yilning birinchi yarim yilligida 8531 ta loyihaga 327.3 mlrd. so‘m kredit ajratilishi belgilangan. 2021 yil 1 mart holatiga ko‘ra, banklar tomonidan 2020 yildagi loyihalar hisobidan 478 ta loyihaga 14,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan

 Farmonda respublikamizning shahar va tumanlarida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini yaratish, ushbu markazlar tarixiy-an’anaviy arxitektura uslubida qurilib, ular hududida turistlarni keng jalb qilish uchun “tarixiy sharq bozori” uslubidagi savdo rastalari, xalq ijodi ustalari tomosha ko‘rsatadigan maxsus joylar, karvonsaroylar va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi. Muhimi, bu markazlarda hunarmandlar, asrlar davomida ularning ajdodlari kabi bir joyda yashab mehnat qiladi, ya’ni qurilayotgan binolarning birinchi qavatida ularning ustaxona va savdo do‘konlari joylashadi, ikkinchi qavatda ular uchun zamonaviy turar joylar tashkil etilishi vazifa etib belgilangan .

Farmon tasdiqlangunga qadar yurtimizda jami 17 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari faoliyat yuritib kelgan. Jumladan, Buxoro shahrida gilam to‘qish markazi, Samarqand shahrida Hunarmandchilik markazi, Ruxobod hunarmandlar markazi,  Marg‘ilon shahri Atlas va adras to‘qish markazi, Toshkent shahrida Abul Qosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Chorsu bozoridagi hunarmandlar rastalari shular jumlasidandir.

Farmon tasdiqlangandan so‘ng, o‘tgan 2020 yil yakuniga qadar jami 31 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu markazlarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tsak.

Buxoro shahrida Davron Toshev miniatyura markazi tashkil etildi Ushbu markazning tashkil etilishi natijasida. Buxoroda taniqli xalq amaliy ustasi, miniatyurachi rassom, Davron Toshev tashabbusi bilan qadimiy usulda ipak qog‘ozi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi ya’ni Buxoroda salkam yuz yillik tanaffusdan keyin ipak qog‘ozi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu markazda hunarmand tomonidan ipak qog‘oz ishlab chiqarishni klaster usulida yo‘lga qo‘yildi va 15 ta yangi ish o‘rni yaratdi. hunarmandchilik markazimiz uchun 1 gektardan ziyod ekin maydoni ajratilib, bu maydonga tut ko‘chatlari o‘tqazilgan.U xom ashyo vazifasini o‘tayapti. Tut shoxi po‘stlog‘ini qayta ishlash orqali juda sifatli ipak qog‘ozi tayyorlashga muvaffaq bo‘linmoqda. Davron Toshev shogirdlarim bilan miniatyura asarlarini shu qog‘ozga tushiryapti. Tayyor ijodiy mahsulotlar esa miniatyura san’ati ixlosmandlari, ayniqsa, xorijiy sayyohlar tomonidan sotib olinyapti.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida respublikada birinchi zargarlik maktabi va «Odina» hunarmandlar markazi ish boshladi.Ushbu markazda 13ta hujra tashkil etilib, ularda zargarlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, soatsozlik, milliy liboslar tikish va gilam to‘qish ishlari bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar ish boshladi. Shu bilan birga, 20ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan zargarlik maktabi ham ochildi. Xususan, unda zargarlikning Qoraqalpog‘iston – Xorazm, Buxoro – Samarqand, Toshkent – Farg‘ona, Qashqadaryo – Surxondaryo maktabi namunalari yoshlarga o‘rgatilmoqda.

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy me’moriy majmuasi atrofida tumandagi hunarmandlarning doimiy faoliyat olib borishi uchun “Hunarmandchilik markazi” ya’ni Kashtachilik markazi tashkil etildi. Kashtachilik – O‘zbekiston amaliy-bezak san’ati turlari orasida eng qadimiysi hisoblanadi. O‘zbek kashtalari noyobligi, go‘zalligi, bezak-naqshlari va texnik usullarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Nurota kashtachiligi butun dunyoda mashhur. Ushbu markaz 33 nafar hunarmandga mo‘ljallangan bo‘lib, kashtachilik,tosh o‘ymakorligi, zargarlik, kulolchilik, kutubxona hamda savdo rastasidan iborat.

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” Tematik istirohat bog‘i hududida qiymati 40 mlrd. so‘mlik “Hunarmandlar markazi” qurilish ishlari yakunlandi. Hunarmandchilikning zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar uchun alohida umumiy yer maydoni 2000 kv. metr bo‘lgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan savdo rastalari va ishlab chiqarish ustaxonalari uchun joy tashkil etildi. Tanlov asosida 202 nafar hunarmand do‘konlariga joylashib, bugungi kunda o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqda.

Marg‘ilon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan “Hunarmandchilik markazi” tashkil etildi. Ushbu markazda 200 dan ortiq turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 600 dan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

2021 yilda 1 ta “Kulolchilik markazi” qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi, ya’ni joriy yilning 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”ning tantanali ravishda ochildi, unda Davlatimiz rahbari ishtirok etdi. Rishton “Xalqaro kulolchilik markazi” 1,2 gektar maydonga qiymati 14 mlrd so‘mlik 2 qavatlik 20 ustaxona va hunarmandlar yashashilari uchun Suzukota misolidagi 150 nafar ish o‘rinlik yangi barpo etilgan. Shuningdek, yaqin kunlarda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Kulochilik markazining ochilishi arafasidamiz. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan tashkil etilmoqda. Markaz uchun Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘i hududidan 3000 m2 yer maydoni ajratilgan.

2021 yilda jami 32 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan,  Shaxrixon tumanida, Buxoro shahrida Zargarlik markazi, Chust tumani, Kattaqo‘rg‘on tumani, Samarqand shahri, Xiva shahri, Farg‘ona viloyatining Rishton Buvayda Furqat So‘x, Bag‘dod, Oltiariq, O‘zbekiston, Quva, Farg‘ona, Uchko‘prik, Yazyavon, Dang‘ara, Beshariq, Toshloq, Marg‘ilon tumanlarida, Qo‘qon shahrida, Toshkent shahrining Uchtepa, Olmazor, Chilonzor tumanlarida hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand”  uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati