Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi “Kulollar sayliga” barcha yurtdoshlarimizni taklif etadi

“Hunarmand” uyushmasi “Kulollar sayliga” barcha yurtdoshlarimizni taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan joriy yilning 10-11 aprel kunlari “Navro‘z” etnografik bog‘ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi xayriya tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi mehribonlik uylariga xayriya tarzida o‘tkaziladi. Tadbirda yurtimizdagi barcha kulolchilik maktablarining usta kulollari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari, xalq ustalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi, sumalak…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan joriy yilning 10-11 aprel kunlari “Navro‘z” etnografik bog‘ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi xayriya tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi mehribonlik uylariga xayriya tarzida o‘tkaziladi. Tadbirda yurtimizdagi barcha kulolchilik maktablarining usta kulollari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari, xalq ustalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi, sumalak sayli va xalqimiz sevgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkillashtirish ham ko‘zda tutilgan.

“Hunarmand” uyushmasi “Kulollar sayliga” barcha yurtdoshlarimizni taklif etadi

Author: Uyushma axborot xizmati