Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorning 9 bandida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yildan boshlab, har yili «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida «Craft fair Uzbekistan» xalqaro hunarmandchilik…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorning 9 bandida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yildan boshlab, har yili «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida «Craft fair Uzbekistan» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini tashkil etib borsin.

Belgilansinki, yarmarkani tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi,-deb belgilangan.

Joriy yilning 30-noyabr – 2 dekabr kunlari Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi o‘tkaziladi.
Yarmarkada yettita xorijiy davlatlar Tojikiston Respublikasi, Qozig‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federasiya , Afg‘oniston, Pokiston davlatidan hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.
Yarmarkada zargar Tohir Muhammedov, kulol Alisher Narzullayev, kashtachi Ahmad Arabov, kulol Shokir Ahmadjonov, adras atlas to‘quvchi, gilamdo‘z Ibrohim Sultonov kabi mashhur hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Qolaversa, yarmarka ishtirokchilari loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida  bevosita ishtirok etishlari  mumkin.
Shuningdek, yarmarkada O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan  kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlarni hamda o‘z yaqinlaringizga yangi yil uchun mahalliy hunarmandlarimiz qo‘li bilan yasalgan,  yurtimiz go‘zalligini, betakrorligi suvenir sovg‘asida aks ettirilgan suvenir sovg‘alarini xarid qilishingiz mumkin.
Yarmarkada hunarmandchilik dastgohlarini xarid qilishingiz mumkin.
Yarmarkada xorijiy sayyohlik kompaniyalari, milliy va mintaqaviy tashkilotlar, assosiasiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, shuningdek, davlat idoralarini taklif etilgan
Yarmarkada Novica, Wildberries va Alibaba xalqaro hamda Joyda, CraftmeetsDesign, iHunar maxalliy onlayn marketpleys va platformalar taklif etilgan, bundan ko‘zlangan maqsad  hunarmandlarimizning mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati