Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi zardoʼz Oʼzbekiston Qaxramoni Temirova Muyassar opa xonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari usta hunarmandning holidan xabar oldi

“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi zardoʼz Oʼzbekiston Qaxramoni Temirova Muyassar opa xonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari usta hunarmandning holidan xabar oldi

Joriyyilning 29 aprel kuni“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi zardoʼz Oʼzbekiston Qaxramoni Temirova Muyassar opaxonadoniga borib, ulugʼ ayyom kunlari hunarmandningholidan xabar oldi.
Muyassar Temirova 1941 yilda Buxoro tumani Shergiron qishlogʼi tugʼilgan, — zardoʼz, Oʼzbekiston Qaxramoni (1995), Oʼzbekiston xalq rassomi (1972). Ustozi Zardoʼz M. Ahmedovaga shogird tushib, anʼanaviy zardoʼzlik sanʼatini puxta egalladi. Temirova zardoʼzlik sanʼatini nozik did bilan tayyorlangan sanʼat durdonalari bilan boyitdi: anʼanaviy zardoʼzi buyumlar (doʼppi, toʼn, kavush va boshqalar) uchun yangi naqsh mujassamotlar yaratdi. Temirova ayollarning zardoʼzi libosi majmuini tayyorladi (1970, Yaponiya YeKSPO 70 koʼrgazmasida namoyish yetilgan), yangi zamonaviy badiiy buyumlar ijod etdi; yirik zardoʼzi namoyonlar yaratishga boshchilik qildi va bu sohada faol ijodiy faoliyat olib bordi. Jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai kalon, Alisher Navoiyning 525 yilligiga bagʼishlangan zardoʼzi namoyonlar, Xalqlar Doʼstligi va “Turkiston” sanʼat saroilarining zardoʼzi pardalari va boshqalar. Koʼplab shogirdlar (200 dan ortiq) tayyorladi.Temirova tayyorlagan ishlari bilan 1972 yildan respublika va xalqaro koʼrgazmalarda ishtirok etadi, u yaratgan badiiy buyumlardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʼplamlarida saqlanadi
“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan ustaning holidan xabar olinib, hol ahvolidan xabar olinib, oziq-ovqat va kerakli mahsulotlar yetkazib berildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati