Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi Abdulla Narzullayev 60 yoshda

O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi Abdulla Narzullayev 60 yoshda

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani mashhur kulollar sulolasining oltinchi vakili, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi Abdulla Narzullayev 60 yoshda. Nazrullayev Abdullo Ibodullayevich yaratgan kulolchilik buyumlari respublika va xorijda mashhur. Kulol 100 ga yaqin xalqaro ko‘rgazmalar qatnashchisi. Uning ota-bobolari ham ushbu kasb bilan shug‘ullangan. Bugun kulolning xonadoni, u yerda tashkil qilingan muzey va mehmon uyi 3 ta milliy…

Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani mashhur kulollar sulolasining oltinchi vakili, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi Abdulla Narzullayev 60 yoshda. Nazrullayev Abdullo Ibodullayevich yaratgan kulolchilik buyumlari respublika va xorijda mashhur. Kulol 100 ga yaqin xalqaro ko‘rgazmalar qatnashchisi. Uning ota-bobolari ham ushbu kasb bilan shug‘ullangan. Bugun kulolning xonadoni, u yerda tashkil qilingan muzey va mehmon uyi 3 ta milliy hunarmandchilik – kashtachilik, gilamdo‘zlik va kulolchilik markazlari uyg‘unlashgan hunarmandchilik akademiyasiga o‘xshaydi. Muzey xalqaro sayyohlik marshrutiga kiritilgan.

Turli davlatlardan kelgan sayyohlar xonadonga tashrif buyurib, hunarmandchilik mahsulotlari, ish jarayoni va sulola tarixi bilan tanishadi.Usta kulolning 200 dan ortiq shogirdlari bor. Gʻijduvon an’anaviy kulolchiligi bezak san’atiga kiradi. Mahsulotlarni xorijlik va mahalliy xaridorlar asosan bezak sifatida sotib olishadi. Lekin ulardan uy-ro‘zg‘or buyumlari sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Xalq ustasining bugungi kunda xalk amaliy san’atining noyob yo‘nalishi kulolchilik an’analari, ayniqsa Gʻijduvon kulolchili maktabini davom ettirib kelgusi avlodlarga qoldirishdagi xizmatlari beqiyosdir. “Hunarmand” uyushmasi jamoasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi Abdulla Narzullayevning muborak 60 yoshga kirganligi munosabati bilan yana bir bor tabriklab, ustaga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Author: Uyushma axborot xizmati