Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich taqdirlandi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich taqdirlandi. Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, zardo‘z-usta, Baxshillo Djumayev 2009 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 40…

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich taqdirlandi. Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, zardo‘z-usta, Baxshillo Djumayev 2009 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 40 yildan ortiq vaqtdan buyun. B.Jumayev milliy zardo‘zlik san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan Buxoro viloyatdagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli hunarmandlardan biri.

1990-1995 yillarda Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi huzurida mustaqil zardo‘zlik ustaxonasi tashkil etib, usta-zardo‘z sifatida faoloiyat ko‘rsatgan. 1993 yilda Bahouddin Naqshbandiyning 657 yilligiga atab Buxoro muzey-qo‘riqxonasi buyurtmasiga asosan zardo‘zlik namoyoni yaratgan. B.Jumayevning ijodiy ishlari dunyoning 25 mamlakatida jumladan, Ispaniya, Mali, Tunis, Gresiya, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Pokiston, Shvesariya, Avstriya kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

B.Jumayev respublikamizning 7 ta viloyatidagi katta hajmli sahna pardalarining muallifi hisoblanadi. B.Jumayev 1999 yilda “Sovg‘a” zardo‘zlik markazini tashkil etdi. “Tashshabus-97” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lib, avtomobil va oltin medal soxibi bo‘lgan. B.Jumayev 500 dan ortiq shogird tayyorlagan. Ular hozirda mustaqil faoliyat ko‘rsatib, viloyatda 300 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etdi. B.Jumayev nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov, tadbirlarda g‘olib bo‘lgan, laureat sifatida e’tirof etilgan hunarmandlardan biri sifatida “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”ga ham kiritilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati