Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Farg‘ona viloyatning eng chekka qishlog‘ida gilamchilik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyatning eng chekka qishlog‘ida gilamchilik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston tumani “Yangi hayot” MFYda jun gilam to‘qish bo‘yicha Ilhom Davletov xamda Qo‘shtepa tumani “Qiziloy” MFYda kashtachilik bo‘yicha N.Sherxodjayeva kabi tajribalik hunarmandlarni uch oylik to‘garaklari avgust oyida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu to‘garaklarning tashkil etishdan maqsad viloyatning eng chekka hududlarida ayollar bandligini ta’minlash hamda hunarmandchilikni rivojlantirishdir. Bugun 2020 yilning 9…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston tumani “Yangi hayot” MFYda jun gilam to‘qish bo‘yicha Ilhom Davletov xamda Qo‘shtepa tumani “Qiziloy” MFYda kashtachilik bo‘yicha N.Sherxodjayeva kabi tajribalik hunarmandlarni uch oylik to‘garaklari avgust oyida yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu to‘garaklarning tashkil etishdan maqsad viloyatning eng chekka hududlarida ayollar bandligini ta’minlash hamda hunarmandchilikni rivojlantirishdir.

Bugun 2020 yilning 9 avgust kuni “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston tumani “Yangi hayot” MFYda Muxabatxon Gʻofurova tomonidan tashkil etilgan ustaxonada bo‘lib, jun gilam to‘qish bo‘yicha Ilxom Davletov tashkil etgan o‘quv mashg‘ulotlari hamda u yerda to‘qish sirlarini o‘rganayotgan ayollar mexnati bilan tanishildi.

Ilhom Davletov tomonidan xorijga eksport qilishga mo‘jjalangan yangi mahsulotlar namunalari ko‘rildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlar uch oy mobaynida bo‘lib, asosan hunarmandchilik mahsulotlarini eksportga mos sifatli mahsulot ishlab chiqarishga ko‘maklashishdir.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati