Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ulug‘bek Abdullayev Surxondaryoda xizmat safari davomida hunarmandlar bilan suhbatlashdi

Ulug‘bek Abdullayev Surxondaryoda xizmat safari davomida hunarmandlar bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Surxondaryoda xizmat safari davomida hunarmandlar bilan suhbatlashdi, ularning faoliyatidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi, takliflarini eshitdi. Shu bilan birgalikda , uyushma rahbari hunarmandchilik ustaxonalari va hunarmandchilik markazlarida bo‘lib, ularning faoliyati, hunarmandchilikning rivojlantirishda usta-shogird maktabini rivojlanishi, ishsiz band bo‘lmagan yoshlar, xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Aytish lozimki,…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Surxondaryoda xizmat safari davomida hunarmandlar bilan suhbatlashdi, ularning faoliyatidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi, takliflarini eshitdi. Shu bilan birgalikda , uyushma rahbari hunarmandchilik ustaxonalari va hunarmandchilik markazlarida bo‘lib, ularning faoliyati, hunarmandchilikning rivojlantirishda usta-shogird maktabini rivojlanishi, ishsiz band bo‘lmagan yoshlar, xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Aytish lozimki, Angor tumani Yangi turmush mahallasida bunyod etilgan “Angor baraka” savdo kompleksi milliy hunarmandchilik markazi ana shu korxonalardan biridir. Bu yerda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning tamomila yangi tizimi yaratildi. Loyihani amalga oshirish uchun tadbirkorning 70 milliard so‘m va 10 milliard so‘m subsidiya mablag‘i sarflandi. Markazda 1000 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlanib, 50 turdagi milliy libos va hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati