Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Durdonalar” loyihasida ganchkorlik san’ati haqida so‘z yuritamiz

“Durdonalar” loyihasida ganchkorlik san’ati haqida so‘z yuritamiz

Ganchkorlik – qadimiy san’at turlaridan bo‘lib, o‘z aksini dunyo me’morchiligida, jumladan, O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlarda namoyon etib kelmoqda. Ganchkorlik san’ati O‘zbekiston me’morchiligi solnomasida muhim o‘rin tutib kelgan. Ko‘hna tarix yodgorliklari bo‘lmish osori atiqalarni kuzatar ekanmiz, o‘ymakorlik san’ati oddiy paxsa devorlardan boshlanib, keyinroq ganchkoriy bezaklarga o‘tganini ko‘ramiz. Hozirgi kunda ganch serquyosh O‘zbekistonimizda…

Ganchkorlik – qadimiy san’at turlaridan bo‘lib, o‘z aksini dunyo me’morchiligida, jumladan, O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlarda namoyon etib kelmoqda. Ganchkorlik san’ati O‘zbekiston me’morchiligi solnomasida muhim o‘rin tutib kelgan. Ko‘hna tarix yodgorliklari bo‘lmish osori atiqalarni kuzatar ekanmiz, o‘ymakorlik san’ati oddiy paxsa devorlardan boshlanib, keyinroq ganchkoriy bezaklarga o‘tganini ko‘ramiz. Hozirgi kunda ganch serquyosh O‘zbekistonimizda ardoqlanib va muhofaza qilinayotgan ko‘pgina yodgorlik obidalariga ko‘rkamlik, go‘zallik baxsh etib turibdi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar o‘yish, yasash imkonini beradi, lekin qotgandan so‘ng u toshga o‘xshab qoladi.

Ganch o‘ymakorligida naqshlar maxsus metall keskichlar vositasida tekis (2 — 3 mm) va chuqur (2—3 sm) o‘yib solinadi, o‘yilgan naqsh yuzi rangli va rangsiz gulganch bilan pardozlanadi. Pardoz turlaridan chok pardoz, pax pardoz, lo‘la pardoz, shabaqa pardozlar keng qo‘llaniladi. Naqsh mujassamotini an’anaviy o‘simliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. Ganch o‘ymakorligi jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng qo‘llaniladi. Jumladan taxmon, tokcha, javonlar o‘yma naqshlar b-n, ularniig yuqori devor bilan shift tutashgan joylari sharafalar bilan bezatiladi, atroflari ensiz zanjira bilan o‘raladi.

Author: Uyushma axborot xizmati