Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > 2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali shiorini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi

2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali shiorini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi

2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali shiorini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi. Ijodiy tanlovda professional yozuvchi, shoir, jurnalistlar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.z) ham ishtirok etishi mumkin. Shiorning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.Shior loyihasi Festivalning mohiyatini yoritib…

2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali shiorini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Ijodiy tanlovda professional yozuvchi, shoir, jurnalistlar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.z) ham ishtirok etishi mumkin.

Shiorning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting.Shior loyihasi Festivalning mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi,festival mavzusiga mosligi, shior xalq amaliy san’ati hunarmandchilikni ifodalashi, Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgan davlat  deb e’tirof etilgan bugungi O‘zbekistonning yangicha taraqqiyot davrini qamrab olishi hamda II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tarannum etgan bo‘lishi kerak.

Ijodiy tanlovning mukofot fondi: birinchi o‘rin uchun beriladigan bir martalik mukofot puli 5 000 000 (besh million) so‘mni tashkil etadi.

Tanlovga taqdim qilingan materiallar  2021 yil 14 mart soat 1400 ga qadar qabul qilinadi.

2021yilning 15 may kuni g‘olib e’lon kilinadi va uning shiori festival shioriga aylanadi.

Shior loyihalari fayl va ta’rif matnini 2021 yil 14 mart soat 1400 ga qadar quyidagi manzilga yuboriladi: O‘zbekiston Respublikasi , 100185. Toshkent shahri Do‘mbirobod ko‘chasi 74-uy. Telefon orqali ma’lumotlar: (+99871) 279-80-88, e-mail: info@handicraftman.uz

Author: Uyushma axborot xizmati