Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Durdonalar” loyihasida ganchkor, xalq amaliy san’ati ustasi Usta Shirin Murodov hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritamiz

“Durdonalar” loyihasida ganchkor, xalq amaliy san’ati ustasi Usta Shirin Murodov hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritamiz

O‘zbek me’morchiligining shuhrati butun jahonga tanilgan. Bunda o‘z kasbi tufayli tanilgan iste’dod sohibi usta Shirin Murodovning ham hissasi katta. Kasbga bo‘lgan mehr-muhabbat, tinimsiz mehnat uni elga tanitdi. Uning otasi usta Murod va bobosi usta Nosir Buxoroning mohir ganchkorlaridan bo‘lishgan. Usta Shirin 14 yoshida yetim qolib, amakisi, mashhur ganchkor usta Hayot qo‘lida ta’lim oldi. Mustaqil usta…

O‘zbek me’morchiligining shuhrati butun jahonga tanilgan. Bunda o‘z kasbi tufayli tanilgan iste’dod sohibi usta Shirin Murodovning ham hissasi katta. Kasbga bo‘lgan mehr-muhabbat, tinimsiz mehnat uni elga tanitdi. Uning otasi usta Murod va bobosi usta Nosir Buxoroning mohir ganchkorlaridan bo‘lishgan. Usta Shirin 14 yoshida yetim qolib, amakisi, mashhur ganchkor usta Hayot qo‘lida ta’lim oldi. Mustaqil usta sifatida Karmana (hozirgi Navoiy)dagi saroyni bezashda ishtirok etib tanildi. Qadim Buxoroning ko‘rkam yodgorligi Sitorayi Mohi Xosaning Oq zali bezagi usta Shirinning me’morchilik mahorati kamolga yetganini namoyish etdi. Usta Shirin ma’muriy binolarni ganchkorlik naqshlari bilan bezadi. Ko‘pgina arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda faol qatnashdi. O‘zbekiston va Turkmaniston qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi xonalari usta Shirin tomonidan bezatildi.

Toshkent kuranti, Navoiy nomini olgan adabiyot muzeyi, Muqimiy teatri va boshqa ko‘pgina binolardagi ganch o‘ymakorligining nafis naqshlari usta Shirinning sermashaqqat ijodiy mehnati natijasidir. U Alisher Navoiy nomidagi teatrning Buxoro zali bezagi uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Samarqand ta’mirlovchilar maktabida, Toshkent qurilish san’ati bilim yurtida, P.Benkov nomli respublika badiiy bilim yurtida ko‘p yillar o‘zbek xalq me’morchiligi sirlaridano‘quvchilarga saboq berdi Respublika jumladan, Toshkent, Buxorodagi maktab, ko‘chalarga Usta Shirin nomi qo‘yilgan; Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa hovlisida uning byusti o‘rnatilgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan

Author: Uyushma axborot xizmati