Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan» deb nomlangan Respublika ko‘rgazma-yarmarkasining yakuniy qismi

«Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan» deb nomlangan Respublika ko‘rgazma-yarmarkasining yakuniy qismi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 26-27 avgust kunlari Namangan viloyati Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomli istirohat bog‘ida «Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan» deb nomlangan Respublika ko‘rgazma-yarmarkasining yakuniy qismi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zining hunarmandchilik mahsulotlari…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 26-27 avgust kunlari Namangan viloyati Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomli istirohat bog‘ida «Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan» deb nomlangan Respublika ko‘rgazma-yarmarkasining yakuniy qismi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘zining hunarmandchilik mahsulotlari bilan faol ishtirok etgan Namangan shahar, Kosonsoy, Pop tumanlari, hamda Andijon viloyatidan tashrif buyurgan hunarmandlarga uyushmaning esdalik sovg‘alari hamda tuman hokimligi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturiga chiptalar taqdim etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati