Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning eng qadimiy turlari, an’analari, o‘ziga xos uslublari va maktablari saqlanib qolgan mamlakat sifatida alohida o‘ringa ega

O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning eng qadimiy turlari, an’analari, o‘ziga xos uslublari va maktablari saqlanib qolgan mamlakat sifatida alohida o‘ringa ega

So‘nggi 4-5 yilda aynan sohani rivojlantirish va xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga oid O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 3 ta farmon, 6 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 3 ta qarori, shuningdek, mamlakatimizda amalda bo‘lgan 6 ta qonun va qonunosti hujjatlarining hunarmandchilik sohasiga taalluqli bo‘lgan bandlariga tegishli o‘zgartishlar kiritilganligi hunarmandlarga, shu bilan birgalikda hunarmandchilik sohasiga o‘sish, rivojlanish, taraqqiyot yo‘lidan borish…

So‘nggi 4-5 yilda aynan sohani rivojlantirish va xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga oid O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 3 ta farmon, 6 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 3 ta qarori, shuningdek, mamlakatimizda amalda bo‘lgan 6 ta qonun va qonunosti hujjatlarining hunarmandchilik sohasiga taalluqli bo‘lgan bandlariga tegishli o‘zgartishlar kiritilganligi hunarmandlarga, shu bilan birgalikda hunarmandchilik sohasiga o‘sish, rivojlanish, taraqqiyot yo‘lidan borish imkoniyatlarini yaratib berdi.

Hunarmandlarning erkin faoliyat olib borishlari uchun juda ko‘plab imtiyozlar berildi. Uyushmada 2018 yilga qadar faoliyat yuritayotgan a’zolar soni 9 823 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib hunarmandlar soni 8 barobarga, shogirdlar soni esa 10 barobarga ko‘payib, sohada band bo‘lganlar soni 395 ming nafarga yetdi.

Author: Uyushma axborot xizmati