Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi

Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi

Joriy yilning 17-avgust kuni Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bo‘lgan ushbu loyiha o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ular 12 kun mobaynida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida dam olishadi. Shu munosabati bilan 20-avgust kuni “Anor” bolalar oromgohida hunarmandlar…

Joriy yilning 17-avgust kuni Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafardan iborat bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bo‘lgan ushbu loyiha o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Ular 12 kun mobaynida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida dam olishadi. Shu munosabati bilan 20-avgust kuni “Anor” bolalar oromgohida hunarmandlar tomonidan mahorat darsi va ko‘rgazma tashkil etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati