Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Samarqand viloyati > Samarqand viloyatida hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga bagʼishlangan press-tur oʼtkazildi

Samarqand viloyatida hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga bagʼishlangan press-tur oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʼlimi hamkorligida Samarqand viloyatida hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga bagʼishlangan press-tur oʼtkazildi.
Tadbirga respublika teleradiokanallari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar taklif etildi.
Press-turda Samarqand viloyati hunarmandlari, ularning faoliyati, ustaxonalari va hunarmandchilik markazlari bilan tanishtirildi, ularning eksport salohiyati, turizmga qoʼshayotgan hissasi, band boʼlmagan aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish orqali yangi ish oʼrinlarini tashkil etish haqida OАV vakillariga axborot berildi.
Press-tur dasturiga koʼra OАV vakillari avval «Hunarmandlar markazi»da boʼlishdi. Ishtirokchilar dastlab Samarqand shahridagi “Hunarmandlar markazi”da kulolchilik, zargarlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardoʼzlik kabi hunarmandchilik turlari bilan shugʼullanayotgan ustalar bilan suhbatlashdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati