Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qo‘llanmasida “O‘zbekiston bobi” nashr yuzini ko‘rdi

Mashhur “Homo Faber Guide” sayyohlik qo‘llanmasida “O‘zbekiston bobi” nashr yuzini ko‘rdi

Mamlakatimizning an’anaviy badiiy hunarmandchilik sharafini munosib himoya qiluvchi 11 nafar usta jahondagi nomdor hunarmandlar qatoridan o‘rin oldi. Odamboy Masharipov yog‘och o‘ymakorligi ustasi. Xiva va uning atrofida yashab, ijod qilgan Odamboy Masharipov butun umrini o‘ziga xos mahalliy an’anaga asoslangan qadimiy yog‘och o‘ymakorligi hunariga bag‘ishlagan. O‘smirlik chog‘laridanoq u O‘zbekiston xalq ustasi Xaytmat Bog‘bekov ustaxonasida tahsil olishni boshlagan….

Mamlakatimizning an’anaviy badiiy hunarmandchilik sharafini munosib himoya qiluvchi 11 nafar usta jahondagi nomdor hunarmandlar qatoridan o‘rin oldi. Odamboy Masharipov yog‘och o‘ymakorligi ustasi. Xiva va uning atrofida yashab, ijod qilgan Odamboy Masharipov butun umrini o‘ziga xos mahalliy an’anaga asoslangan qadimiy yog‘och o‘ymakorligi hunariga bag‘ishlagan. O‘smirlik chog‘laridanoq u O‘zbekiston xalq ustasi Xaytmat Bog‘bekov ustaxonasida tahsil olishni boshlagan. Odamboy o‘z ustaxonasini 2002-yilda ustozining oq fotihasi bilan ochib, shundan buyon ko‘plab shogirdlarni yetishtirib chiqargan.

Odamboy xontaxta va o‘rindiqlar kabi kundalik maishiy buyumlarni yasab, ko‘lamdor meʼmoriy obidalar, shu jumladan, darvoza va ustunlarga bezak beradi. U asosan daraxt va gullardan iborat jimjima naqshlar namoyon bo‘lgan mintaqaviy bezak maktabini rivojlantirib kelmoqda. Uning mehnat mahsullari ustaga qator mukofotlar bilan birga yog‘och o‘ymakorlari muxlislari orasida so‘zsiz shuhrat keltirgan.  Endilikda Odamboy Masharipovning ijodiga oid tafsilotlarni “Homo Faber Guide” qaydnomasida bilib olish mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati