Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yana bir yangi Hunarmandchilik markazi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida  barpo etilmoqda

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan yana bir yangi Hunarmandchilik markazi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida  barpo etilmoqda

Hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan muhim yo‘nalishlardan biri xalq hunarmandchiligi va ijodiy an’analar keng rivojlangan shahar va tumanlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etilganligidir. Barchamizga ma’lumki, markazlarni tashkil etishdan maqsad, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatishdan iborat. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish…

Hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan muhim yo‘nalishlardan biri xalq hunarmandchiligi va ijodiy an’analar keng rivojlangan shahar va tumanlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etilganligidir. Barchamizga ma’lumki, markazlarni tashkil etishdan maqsad, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatishdan iborat. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son farmoni qabul qilingunga qadar O‘zbekistonning 4 ta hududida bor yo‘g‘i 13 ta markaz faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, bugunga kelib, respublikaning 14 ta hududida jami 78 ta hunarmandchilik markazlari qurilib, ularda 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yana bir yangi Hunarmandchilik markazi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida  barpo etilmoqda.Ushbu markazning ishga tushirilishi yana ko‘plab fuqarolarni , yoshlarni xotin-qizlarni hunarga jalb etib  bandligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi.

Author: Uyushma axborot xizmati