Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yog’och o’ymakorligi haqida

Yog’och o’ymakorligi haqida

O’ymakorlik turi, badiiy hunarmandchilikning qadimgi va keng tarqalgan sohasi. Yog’ochni kesib, o’yib, chizib, zaminni teshib naqsh, bo’rtma shakllar hosil qilib, yog’och taxtacha va bo’laklarini birbiriga ulab, yopishtirib o’simliksimon tasvirlar, naqshlar hosil qilinadi. Usta naqshni bezatiladigan sirtga axta vositasida tushiradi, ustidan naqsh chiziqlari chizib chiqiladi, so’ng asbob uskanalar yordamida o’yiladi. O’yishda turli usullar (pargari, bag’dodi) keng…

O’ymakorlik turi, badiiy hunarmandchilikning qadimgi va keng tarqalgan sohasi. Yog’ochni kesib, o’yib, chizib, zaminni teshib naqsh, bo’rtma shakllar hosil qilib, yog’och taxtacha va bo’laklarini birbiriga ulab, yopishtirib o’simliksimon tasvirlar, naqshlar hosil qilinadi.

Usta naqshni bezatiladigan sirtga axta vositasida tushiradi, ustidan naqsh chiziqlari chizib chiqiladi, so’ng asbob uskanalar yordamida o’yiladi.

O’yishda turli usullar (pargari, bag’dodi) keng qo’llaniladi. Yog’och o’ymakorligi ko’p mehnat talab qiladigan soha, unda O’zbekistonda o’sadigan mahalliy daraxtlar (qayrag’och, archa, yongoq, tut, o’rik, chinor, tol, terak va boshqalar)dan foydalaniladi. “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati tomonidan Naro‘z bog‘idan tayyorlangan videorolik

Author: Uyushma axborot xizmati