Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > COVID-19 taʼsiri boʼyicha savolnoma

COVID-19 taʼsiri boʼyicha savolnoma

COVID-19 pandemiyasi va uning oqibatida joriy etilgan karantin dunyo boʼylab koʼplab mamlakatlarning iqtisodiyotiga jiddiy muammolar keltirib chiqardi. Аksariyat mamlakatlardagi hunarmandchilik sohasi jiddiy talofat koʼrdi. Koʼz ochib yumguncha hunarmandlar oʼz bozorlari, taʼminochtilari va tarmoqlaridan uzilib qoldilar. Xalqaro sayohatlarning taʼqiqlanishi va chegaralarning yopilishi xalqaro turizmni toʼxtatib qoʼydi va buning natijasida koʼplab hunarmandlar hayotlari uchun zarur boʼlgan daromad manbaidan judo boʼldilar. Shularni nazarda tutgan holda, biz COVID-19 pandemiyasining Oʼzbekistondagi hunarmandichilik sohasiga taʼsiri boʼyicha maʼlumot yigʼish uchun savolnoma tayyorladik. Savolnomada sizning tadbirkorlik faoliyatingiz qanday taʼsirga uchraganligiga, ushbu vabo ishchi-xodimlaringizga va oʼz mahsulotlaringizni ishlab chiqarish va sotishingizga qanday taʼsir koʼrsatayotganligiga oydinlik kiritishga qaratilgan bir qator savollar kiritilgan. Shu bilan birga, karantinning biznesingizga boʼlgan salbiy taʼsirini yengib oʼtishingiz uchun sizga qanday yordam zarurligini aniqlash ham maqsad qilib qoʼyilgan.

Savolnoma Buyuk Britaniyaning Lester Universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan. Biz Oʼzbekistonda, uning ajoyib tarixga ega boʼlgan hunarmandchilik sohasini oʼrganish boʼyicha faoliyatimizni 2018 yildan buyon olib boramiz. Mazkur savolnoma bizga siz COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuz tutayotgan qiyinchiliklaringizni yaxshiroq anglab olishimizda hamda joriy inqirozni yengib oʼtish uchun hunarmandchilik tarmogʼi qanday yordamga muhtojligini aniqlashimizda yordam beradi.

Iltimos, kuyidagi linkni bosing.

1. Oʼzbek tilida (kirill alifbosida) – https://ulsm.qualtrics.com/jfe/form/SV_bkI44uaaRKPbDRr

yoki

2. O‘zbek tili (lotin yozuvida) – https://ulsm.qualtrics.com/jfe/form/SV_abgy6P7H4GVIysB

Author: Uyushma axborot xizmati