Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > PQ-4742 qarori ijrosi boʼyicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tadbir tashkil etildi

PQ-4742 qarori ijrosi boʼyicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tadbir tashkil etildi

Samarqand shahrining pedagogika kolejida joriy yil 8 iyun sanasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʼzini-oʼzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4742 qarori ijrosi boʼyicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyat “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari hunarmandchilik mahsulotlari bilan koʼrgazma tashkil etdi. Turmush sharoiti ogʼir boʼlgan oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari sovgʼa qilindi, Samarqand shahar bandlik boshqarmasi tomonidan ishsiz boʼlgan fuqarolar ish bilan taʼminlandi va 10 nafar xotin-qizlar “Hunarmand” uyushmasiga imtiyozli roʼyxatga olindi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati