"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Milliy katalogga 300dan ortiq hunarmandlar kiritildi

Milliy katalogga 300dan ortiq hunarmandlar kiritildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PQ-4539-son Qaroriga muvofiq, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5242-son Farmoni bilan tasdiqlangan hunarmandchilik yoʼnalishlari doirasida Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogigahunarmandlarni kiritish belgilangan. Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogiga milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati sohasida faoliyat yuritib kelayotgan…

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PQ-4539-son Qaroriga muvofiq, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5242-son Farmoni bilan tasdiqlangan hunarmandchilik yoʼnalishlari doirasida Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogigahunarmandlarni kiritish belgilangan.

Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogiga milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati sohasida faoliyat yuritib kelayotgan va soha rivojiga ulkan hissa qoʼshgan tajribali, isteʼdodli hunarmandlarni kiritish orqali ularni ragʼbatlantirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogi hunarmandchilik faoliyatidagi ilgʼor tajribalarini ommalashtirish, oʼzbek xalq amaliy sanʼati namunalarini oʼzbek brendi sifatida xalqaro miqyosda targʼib qilish, xalq amaliy sanʼatining noyob va yoʼqolib borayotgan turlarini saqlash, qayta tiklash maqsadida tashkil etilgan.

Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogiga kiritiladigan usta-hunarmandlarni tanlab olish boʼyicha “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga hunarmandlarni kiritish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom hamda “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya rahbar va xodimlari, sanʼatshunoslardan iborat 7 kishilik Kengash tuzilgan.

Milliy katalogning dasturi onlayn tarzda 2020 yil 1 yanvardan boshlab “Hunarmand” uyushmasining www.handicraftman.uz sayti orqali ishga tushirildi.

Milliy katalogga nufuzli xalqaro koʼrgazma, koʼrik-tanlov va tadbirlarda gʼolib yoki laureat sifatida eʼtirof etilgan, tegishli sohada sanʼat va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga ega yoki “Oʼzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni sohibi boʼlgan hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi.

Ularga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • 2023 yil 1 yanvarga qadar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini sotishdan tushgan tushum 100 mln soʼmdan oshgan, biroq
    1 mlrd soʼmdan koʼp boʼlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq toʼlov stavkasi 2 foiz miqdorida toʼlanadi;
  • hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha davlat roʼyxatidan oʼtishda toʼlanadigan davlat boji amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida toʼlanadi;
  • shogirdlar soni boʼyicha cheklovlar bekor qilinadi;
  • koʼrgazma zallari, galereyalar, pavilьonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar, faoliyatini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarida yer uchastkalari ajratilishida ustuvorlik qoʼllaniladi.

Bugungi kunda Milliy katalogga 300dan ortiq hunarmandlar kirtitildi.