Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi

“Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 dekabr kuni qabul qilingan 126-sonli yig‘ilish bayonida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” mavzusida forumlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimiligi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi  ko‘magida joriy yil 12-14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida An’anaviy “Turkiy…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 dekabr kuni qabul qilingan 126-sonli yig‘ilish bayonida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” mavzusida forumlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimiligi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi  ko‘magida joriy yil 12-14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi tashkil etildi.

An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi Rossiya, Polsha, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Isroil va Turkiya kabi xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari va olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida “Rishton kulolchiligi: Kecha, bugun, ertaga” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Author: Uyushma axborot xizmati