“Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda yangi loyiha

Avval xabar berganimizdek, “Hunarmand” uyushmasi va Caudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida yashovchi band bo‘lmagan aholi ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish, bu borada ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida hududda gilamchilikni rivojlantirish loyihasi boshlangan edi. O‘tgan 2022 yilning 9-19 oktyabr…

Avval xabar berganimizdek, “Hunarmand” uyushmasi va Caudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida yashovchi band bo‘lmagan aholi ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish, bu borada ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida hududda gilamchilikni rivojlantirish loyihasi boshlangan edi.

O‘tgan 2022 yilning 9-19 oktyabr kunlari mahalliy mutaxassis hunarmandlar jalb etilgan holda 25 nafar xotin qizlarga gilam to‘qish va ip yigirish bo‘yicha trening kurslari olib borilgan edi. Loyihaning asosiy maqsadi  ishsiz ayollarni mahalliy junni qayta ishlash va uy sharoitida gilam to‘qishga o‘rgatish, gilamdo‘z ayollar – kasanachilarning kasbiy mahoratini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozor iqtisodiyotiga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘rgatish va barqaror ishlab chiqarishga erishish, hunarmand ayollarning turmush darajasini oshirish hamda mahsulotlarni muntazam sotishni tashkil etish. gilamchilik  an’analarini davom ettirish ;

• Gilam, gilam va boshqa jun mahsulotlari ishlab chiqarish hamda milliy va xalqaro bozorlarda sotish orqali hunarmandlarni  barqaror daromad olishiga erishish ko‘zlangan. Tuproqqal’a tumani hokimiyati tomonidan ushbu loyiha   faoliyati uchun huddudagi bo‘sh turgan bino ajratilgan edi. O‘tgan 2022 yilda tashkil etib berilgan binoda yangi turdagi mahmulotlar yaratildi va xalkaro kurgazmalarda ishtirok etib, savdosi yoʻlga qoʻyildi.

Author: Uyushma axborot xizmati