Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Xozirgi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash ularni hunarli boʼlishlariga koʼmaklashish, hunar oʼrgatish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Hunarmand” uyushmasi Toʼrtkoʼl tuman boʼlimi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmokda.

Xozirgi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash ularni hunarli boʼlishlariga koʼmaklashish, hunar oʼrgatish va bandligini taʼminlash boʼyicha “Hunarmand” uyushmasi Toʼrtkoʼl tuman boʼlimi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmokda.

Yoshlarga hunarni puxta egallab hayotda oʼz oʼrnilarini topishga ozgina hissa qoʼshgan boʼlsak biz xursand boʼlamiz chunki, mehnatga munosabatni qaror toptirish yosh avlod tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Hunarmadchilik anʼanalari zamirida shaxsning axloqiy sifatlaridan mehnatsevarlik, sahiylik,sabr toqat va oʼzgalarning mehnatini qadrlashni anglash kabilardan tarkib topganlir.
Xalq tarbiyashunosligida mehnatsevarlik va kasb-hunarga doir gʼoyalarni yosh avlodlarimiz ongiga singdirish, xalq ommasining ilgʼor mehnat va hunarmandchilik anʼanalariga befarq qaramasdan zamon talablariga mos holda taʼlim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish ayni muddaodir. Navbatdagi mahorat darslari uyushmaning eng faol aʼzosi boʼlgan Kasimov Rasulbek Xusinovich bilan 18-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdik, Maktabda oʼkuvchilarga Qorakoʼl teridan har-xil turdagi bosh kiyimlar, nimchalar tayyorlash boʼyicha amaliy koʼrsatmalar berildi. Mahorat darsi juda qizikari oʼtdi va R.Qasimov tomonidan oʼquvchilarga hunarmandchilik va uning sir-asrorlari xozirgi kundagi hunarmandlarga berilayotgan imtiyozlar va yosh hunarmand boʼlishiga qaramasdan erishgan yutuqlari toʼgʼrisida soʼzlab berdi. Mahorat darsida 8-9-sinf oʼquvchilari faol qatnashib oʼzlariga kerakli maʼlumotlarni olishdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati