Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi a’zosi, milliy uslubda ko’rpa va yoymalar tikish ustasi Sadullaeva Faroxat Аminovna

“Hunarmand” uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi a’zosi, milliy uslubda ko’rpa va yoymalar tikish ustasi Sadullaeva Faroxat Аminovna

    2004 yildan buyon uyushma aʼzosi, 2012 yilda Qozogʼiston Respublikasining Аlmati shahrida oʼtkazilgan Oʼrta Osiyo Davlatlari hunarmandlarining festivalida shaxsiy koʼrgazmasi bilan qatnashib maxsus diplom bilan taqdirlangan. Shu yili Rossiyaning Lelingrad viloyati Gatchina shahrida oʼtkazilgan quroqchilik sanʼati boʼyicha xalqaro festivalda maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.

    «Tashabbus-2011» koʼrik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etgan.

    Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi va 25 yilligi munosabati bilan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan koʼkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

    2018 yil “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

    Hozirgi kunda uyushma aʼzosi boʼlibgina qolmasdan “Urganch milliy tikuvchilik” xususiy korxonasi rahbari , Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, xususiy korxonasida 14 nafar nogironni ish bilan taʼminlagan.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati