Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Abdrimov Saparboy Babajanovich yogʼochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari faoliyat turi bilan shugʼullanadi

Abdrimov Saparboy Babajanovich yogʼochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari faoliyat turi bilan shugʼullanadi

Qoʼshkoʼpir tumani “Xunarmand” uyushmasi aʼzosi, 2-guruh nogironi Аbdrimov Saparboy Babajanovich yogʼochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari faoliyat turi bilan shugʼullanadi. S. Аbdrimov 2 guruh nogironi boʼlganiga qaramasdan uzoq yillik samarali mehnati, boy hayotiy tajribasiga tayanib, mahallasida istiqomat qilayotgan nogironlarga oxirgi uch yil mobaynida 19 mln. soʼmlik mebelь va mebelь mahsulotlarini, uy-roʼzgʼor buyumlarini tuzatib toʼy-hashamlarida xayriya sovgʼasi…

Qoʼshkoʼpir tumani “Xunarmand” uyushmasi aʼzosi, 2-guruh nogironi Аbdrimov Saparboy Babajanovich yogʼochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari faoliyat turi bilan shugʼullanadi.

S. Аbdrimov 2 guruh nogironi boʼlganiga qaramasdan uzoq yillik samarali mehnati, boy hayotiy tajribasiga tayanib, mahallasida istiqomat qilayotgan nogironlarga oxirgi uch yil mobaynida 19 mln. soʼmlik mebelь va mebelь mahsulotlarini, uy-roʼzgʼor buyumlarini tuzatib toʼy-hashamlarida xayriya sovgʼasi tariqasida tarqatgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil, keng koʼlamli islohotlar mohiyatini aholi, ayniqsa, alohida yehtiyojmand qatlamlarini qoʼllab-quvvatlashda jonbozlik koʼrsatmoqda.

2017-2019 yillar davomida oʼz tumanida istiqomat qilayotgan 12 nafardan ortiq nogironlarga kasb-hunar oʼrgatgan, kasb-hunar oʼrgangan nogironligi boʼlgan shaxslar kasanachilik yoʼli bilan oʼz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

S.Аbdrimov mehnat faoliyati davomida oʼzining mehnasevarligi, ishda talabchanligi, tirishqoqligi, odamlarga xushmuomalaligi bilan jamoada obroʼ-eʼtiborga yega boʼldi. U asosiy yeʼtiborni yogʼojdan tayyorlanadigan  xalq hunarmandchilik mahsulotlariga qaratdi.

Mehnat faoliyati davomida yoʼqolib borayotgan koʼplab anʼanaviy uy-roʼzgʼor buyumlarini yasab kelmoqda.

2017 yilda beshik, sandiq va uy-roʼzgʼor buyumlarini 11 xil turidan 710 ming donani, 2017 yilda 12 xil turidan 890 ming donani,  2018 yilda 14 xil turidan 1140 ming donani yasashga yerishdi.

Tumanda ibratli oila, farzandlarini bilimli, hunarli, xalqimizga nafi tegadigan insonlar yetib tarbiyalagan.

S. Аbdrimov uzoq yillik samarali mehnati bilan keng jamoatchilik, tuman faollari va nogironligi boʼlgan shaxslar oʼrtasida munosib hurmatga sazovor boʼlib kelmoqda.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati