Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida faxriy hunarmandlar yoshlarga mahorat darslari o‘tkazdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida faxriy hunarmandlar yoshlarga mahorat darslari o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi yoshlarning qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Joriy yilning 9 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman madaniyat saroyida “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda hunarmandlar o‘zlarining hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasini namoyish etdi. Fahriy hunarmand Tadjinar Xalto‘raeva o‘zining tengdoshlari bilan qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha yoshlarga mahorat darslarini ko‘rsatib o‘tdi. Tuman hokimi Z. Davlatov hunarmandlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati