Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Sirdaryo viloyati > Sardoba tumanida tuman prokurori yoshlar bilan uchrashdi

Sardoba tumanida tuman prokurori yoshlar bilan uchrashdi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida tuman prokurori, 2 sektor rahbari A.Uralov Sardoba tumani yoshlari muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi boshlig‘i, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, sektorlar ishchi guruhi a’zolari, «Hunarmand» uyushmasining Sirdaryo viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tuman prokurori A.Uralov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning qobiliyat va intilishlarini amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. 2019 yil davomida Sardoba tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan erishilgan yutuqlar, maxallalarning bunyodkorligi va ozodaligida yoshlarning o‘rni haqida ham so‘z yuritdi.
Shuningdek, ma’ruzada A.Uralov o‘tgan davr mobaynida Yurtboshimiz tomonidan Sirdaryo viloyatida ilk marotaba ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlarni tahliliy ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarning muammolari, ularning yechimi yuzasidan ham fikr va mulohazalar bayon etildi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati