Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent viloyati > Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Inson va oila manfaati dalat va jamiyat himoyasida” nomli tadbir o‘tkazildi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Inson va oila manfaati dalat va jamiyat himoyasida” nomli tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 11 yanvar kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Inson va oila manfaati dalat va jamiyat himoyasida” nomli tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 4 ta sektor rahbarlari, viloyat prokurori S.Samadov, viloyat IIB boshqarma boshlig‘i T.Aripov, Chirchiq shahar prokurori B.Ibragimov va barcha mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus bo‘yicha mehnat yarmarkasi, kitob ko‘rgazmasi, musiqa va san’at maktablarining chiqishlari, «Hunarmand» uyushmasining Chirchiq shahar bo‘limining a’zolari bo‘lgan hunarmandlar hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2019 yilning 27 dekabr kungi selektordagi nutqida yoshlar siyosati muhim va ustuvor masala ekanligi barchamizga dahldorligi mavzusida so‘z yuritildi.
Tadbir natijasida 58 nafar ishsiz fukaroning bandligi ta’minlanganligi, barcha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati