Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Subsidiya bo‘yicha murojaat e’tiborda

Subsidiya bo‘yicha murojaat e’tiborda

Subsidiya bo‘yicha murojaat e’tibord “Fasebook ijtimoiy tarmog‘ida Mohira Sultonovaning “Hunarmand” uyushmasi orqali yosh tadbirkor xotin-qizlar uchun ajratilayotgan yordam mablag‘i- subsidiya olib, Navro‘z bog‘ida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maslahat berdim” – degan mazmundagi murojaati e’lon qilingan edi. https://www.facebook.com/groups/969684859881150/posts/2093369627512662/ Ushbu murojaat bo‘yicha “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev tomonidan Fasebook ijtimoiy tarmog‘ida javob berildi. https://www.facebook.com/groups/969684859881150/posts/2093369627512662/ Subsidiya bo‘yicha mazkur…

Subsidiya bo‘yicha murojaat e’tibord

“Fasebook ijtimoiy tarmog‘ida Mohira Sultonovaning “Hunarmand” uyushmasi orqali yosh tadbirkor xotin-qizlar uchun ajratilayotgan yordam mablag‘i- subsidiya olib, Navro‘z bog‘ida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maslahat berdim” – degan mazmundagi murojaati e’lon qilingan edi. https://www.facebook.com/groups/969684859881150/posts/2093369627512662/

Ushbu murojaat bo‘yicha “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev tomonidan Fasebook ijtimoiy tarmog‘ida javob berildi. https://www.facebook.com/groups/969684859881150/posts/2093369627512662/

Subsidiya bo‘yicha mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Vazirlar Mahkamasining 11.05.2022y.gi №252 sonli qarori k) kichik bandida “ustaga – shogirdlar tayyorlash, zarur xom ashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida (shogirdlar sonidan qat’iy nazar) har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda” subsidiya ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur qaror Nizomining 3-bob 10-paragrafida hokim yordamchisi tomonidan “so‘ralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmaganligi” to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilishi bayon etilgan.

Agar sizning nomingizda issiqxona qurish uchun kredit olingan bo‘lsa, u kreditni qaytarish tarixi (indikator) ijobiy holda amalga oshirilsa, unda buni subsidiya olishga ta’siri yo‘q (asosiysi kredit tarixi o‘z vaqtida qaytarilgan yoki muammosiz qaytarilayotgan bo‘lsa bo‘ldi). Chunki tartibda subsidiya olgan fuqaro kredit ololmaydi degan joyi yo‘q. Faqat hokim yordamchisi joyiga chiqib, o‘rganib tavsiya bersa bo‘ldi, keyin markaz va agentlik xulosa beradi.

Ushbu murojaat yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Maxkamovga topshiriq berildi. Masalani yechimi yuzasidan Jasur Maxkamov hokim yordamchisiga murojaat etdi, murojaat yechimi borasida ish olib borilmoqda.

“Hunarmand uyushmasi Axborot xizmati”

Author: Uyushma axborot xizmati