Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Bayram” pannosi

“Bayram” pannosi

XX asr. Zardoʻzlik san’ati amaliy san’atning oʻziga xos, bejirim va jozibador turlaridan biri hisoblanadi. Uning markazi Buxoro boʻlib, Buxoro amirligi qadimdan oʻzining zardoʻzligi bilan dunyoga mashhur boʻlgan.

☝️“Bayram” pannosi “zardoʻzi- guldoʻzi” uslubida tikilgan boʻlib, u 1962-yilda Moskvadagi VDNXda “Xalq san’ati” tematik koʻrgazmada 2 ta oltin medal bilan: muallifiga –katta oltin medal, yordamchisiga- kichkina medal olib kelgan.

⚡️Asosi toʻq qizil baxmaldan ishlangan. Yuzasida paxta terimidan soʻnggi “hosildorlik bayrami” ni nishonlash sahnasi tasvirlangan.

💫 Zar va kumush iplar bilan tikilgan. Stolyarov V., Axmedova M. Buxoro, 1958-y.
Manba:https://t.me/muzeyartuz/1033

Author: Uyushma axborot xizmati