Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do‘st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko‘ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o‘rgangan, o‘z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir iste’dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal…
Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do‘st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko‘ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olgan.
Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o‘rgangan, o‘z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir iste’dodi juda tez shakllangan.
Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o‘sha davrning yetuk san’atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod b-n band bo‘lganlar.
Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan.