Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uzbekiston tuman prokurori, 2-sektor rahbari  O.Sobirov tashabbusi “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Uzbekiston tuman prokurori, 2-sektor rahbari  O.Sobirov tashabbusi “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Uzbekiston tuman prokurori, 2-sektor rahbari  O.Sobirov tashabbusi bilan sektorda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi 2-sonli kasb-hunar texnikumida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 31 ta korxona va tashkilotlar 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, 2-sektordagi 15 ta  mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 300 nafardan ortiq yoshlar, shu jumladan birituvchilar qamrab olindi….

Uzbekiston tuman prokurori, 2-sektor rahbari  O.Sobirov tashabbusi bilan sektorda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi 2-sonli kasb-hunar texnikumida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 31 ta korxona va tashkilotlar 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, 2-sektordagi 15 ta  mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 300 nafardan ortiq yoshlar, shu jumladan birituvchilar qamrab olindi.

Mehnat yarmarkasi davomida 15 nafar yoshlarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi, 10 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha kurslarga jalb qilinadigan bo‘ldi, 50 nafar yoshlarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi. Tadbirlar doirasida 10 nafar ishsiz yoshlar bush ish urinlariga taklif etilib, korxonada ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati