Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Aziz Boboyev Qashqadaryo viloyati xizmat safari davomida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan 30 nafar usta-hunarmandlarning muammolarini o‘rgand

Aziz Boboyev Qashqadaryo viloyati xizmat safari davomida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan 30 nafar usta-hunarmandlarning muammolarini o‘rgand

Joriy yilning 18 yanvar kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi mas’ul vakili Aziz Boboyev Qashqadaryo viloyati xizmat safari davomida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan 30 nafar usta-hunarmandlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Aziz Boboyev uchrashuvlar davomida hunarmandchilikning tunukadan yasalgan buyumlar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan hunarmandlarga joy masalasi anchadan buyon hal etilmay kelayotganligi holatlarini o‘rgandi. Shuningdek, hunarmandlar bilan…

Joriy yilning 18 yanvar kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi mas’ul vakili Aziz Boboyev Qashqadaryo viloyati xizmat safari davomida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan 30 nafar usta-hunarmandlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Aziz Boboyev uchrashuvlar davomida hunarmandchilikning tunukadan yasalgan buyumlar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan hunarmandlarga joy masalasi anchadan buyon hal etilmay kelayotganligi holatlarini o‘rgandi. Shuningdek, hunarmandlar bilan suhbat davomida kredit olish istagida bo‘lgan 5 nafar hunarmandlarning hujjatlarini resurs yo‘qligi sababli “Mikrokreditbank”ning mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinmaganligi muammosi, kredit muddatini 3 yilga uzaytirish takliflari hunarmandlar tomonidan berildi. Imtiyozli kredit olgan hunarmandlarning kreditdan maqsadli yoki maqsadsiz foydalanayotganliklari holatlari o‘rganildi.

Hunarmandchilikning yog‘ochdan yasalgan xalq hunarmandchiliigi mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan Gʻiyos Ro‘ziyev Qarshi tumani hududidan o‘z mablag‘i hisobiga yer maydoni sotib olib, ustaxona qurgan. Ushbu ustaxonani ishga tushirish uchun alohida “Transformator” ham sotib olgan. Hozirgi kunga qadar ushbu transformatrni o‘rnatishda muammoga duch kelgan va amaliy yordam berishni so‘radi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi mas’ul vakili Aziz Boboyev Qashqadaryo viloyati xizmat safari davom etmoqda. Ushbu muammolar mas’ul tashkilotlar bilan hal etilishi ko‘zda tutilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati