Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik sohasini yurtimizning barcha hududlarida rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda

Hunarmandchilik sohasini yurtimizning barcha hududlarida rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda

Xalqimiz kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandchilik san’ati, xususan, uning yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, to‘qimachilik, zardo‘zlik, sozgarlik, kandakorlik, zargarlik va boshqa shakllarining har biri necha ming yillik tarixga, o‘ziga xos ijodiy maktab va an’analariga, atoqli namoyandalariga ega. O‘zbekistonlik ustalar tomonidan tayyorlangan kbarchao‘plab badiiy hunarmandchilik va amaliy sanbarcha’at mahsulotlari bugungi kungacha dunyoning mashhur muzeylarida saqlanishi ularning…

Xalqimiz kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandchilik san’ati, xususan, uning yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, to‘qimachilik, zardo‘zlik, sozgarlik, kandakorlik, zargarlik va boshqa shakllarining har biri necha ming yillik tarixga, o‘ziga xos ijodiy maktab va an’analariga, atoqli namoyandalariga ega. O‘zbekistonlik ustalar tomonidan tayyorlangan kbarchao‘plab badiiy hunarmandchilik va amaliy sanbarcha’at mahsulotlari bugungi kungacha dunyoning mashhur muzeylarida saqlanishi ularning jahon xalqlari tarixida naqadar buyuk ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Keyingi paytlarda ana shu boy madaniy merosimizni asrab-avaylash, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, bu borada tarixiy an’analarni izchil davom ettirib kelayotgan mohir ustalarning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli farmon va qarorlar qabul qilinib, ularga yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratib berildi. Bunday amaliy sa’y-harakatlar natijasida yurtimizda milliy hunarmandchilik san’ati jadal rivojlanib bormoqda. Misol uchun, 2017 yilgacha «Hunarmand» uyushmasiga o‘n mingga yaqin kishi a’zo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni qariyb 7 barobarga, shogirdlar 9 barobarga ko‘payib, sohada band bo‘lganlar soni 230 ming nafarga yetdi.

Hunarmandlarning xalq amaliy san’ati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko‘rgazma hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 340 nafar ustalar ushbu katalogdan o‘rin oldi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Hunarmandchilik sohasi – yangi ish o‘rinlari tashkil qilish, yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirish borasida ham katta imkoniyatlar manbai hisoblanadi. Shu bois yurtimizning barcha hududlarida ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati