Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan hunarmandlar oʼrtasida targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda

“Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan hunarmandlar oʼrtasida targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda

2020 yil 6 fevralь kuni Toshkent shahar Mirobod tuman hokimligi majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarorida belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda Mirobod tumani hokimining birinchi oʼrinbosari Аshraf Salaydinov, Yakkasaroy tumani hokimining birinchi oʼrinbosari Nurulla Аbdurahmonov, “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari B.Suyunov, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarma boshliq oʼrinbosari Oʼlmas Djalilov, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining tadbirkorlikka koʼmaklashish markazlari rahbarlari, Uyushmaning Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod va Yakkasaroy tuman boʼlimining vakillari hamda Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ishtirok etdi.
Yigʼilishni Toshkent shahar Mirobod tumani xokimining birinchi oʼrinbosari Аshraf Salaydinov kirish soʼzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalar bilan yigʼilish qatnashchilarini tanishtirdi.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xokimining birinchi oʼrinbosari Nurulla Аbdurahmonov soʼzga chiqib, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi fuqorolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida maʼlumot berdi.
“Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari B.Suyunov soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-sonli qarori bilan Respublika hududlari 38ta tuman (shahar)lar hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha ixtisoslashtirildi va ularga Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirilganligi, Xalq amaliy sanʼati ustalarining Milliy katalogi tashkil etilib, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Milliy katalog ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʼrinishida ishga tushirilganligi haqida gapirib berdi. Shuningdek, B.Suyunov oʼz soʼzida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʼyicha cheklovlar bekor qilinganligini hamda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri va qarorda belgilangan barcha chora tadbirlar haqida batafsil tushuntirdi.
Yigilishda hunarmandlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati