Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Zardo’zlik — bezak san’ati turi

Zardo’zlik — bezak san’ati turi

Amaliy sanʼatning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. Toʻrtburchak chambarakka (korchoʻpga) oʻrnatilgan baxmal, shoyi, movut, charm va b. matolarga zardoʻzi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. Kashtada baʼzan metall, tosh, shisha munchoklar ham ishlatiladi, turli matolar (baxmal, shoyi va b.)dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar…

Amaliy sanʼatning zar (tilla va kumush suvi yuritilgan) ip, nozik sim, ipak bilan kashta tikib bezak yaratadigan sohasi. Toʻrtburchak chambarakka (korchoʻpga) oʻrnatilgan baxmal, shoyi, movut, charm va b. matolarga zardoʻzi usulida kashta (gul, naqsh, tasvir) tikiladi. Kashtada baʼzan metall, tosh, shisha munchoklar ham ishlatiladi, turli matolar (baxmal, shoyi va b.)dan quroq qilinadi. Oldindan tayyorlangan (rassomlar tomonidan yaratilgan mujassamot nusxasi kuchirilgan) axta qogʻozlardan keng foydalaniladi.

Matoga mustahkamlangan (tikilgan yoki yopishtirilgan) axta qogʻoz zar ip bilan bir tomonlama qoplab tikiladi (mustahkamlovchi chok uchun zar ipga moye rangdagi ipdan foydalaniladi), natijada naqshgul yuzasi zar iplar bilan qoplanadi, matoning teskarisida naqshgul shakligina hosil boʻladi. Zardoʻzlar bezak yaratishda bir necha usulni qoʻllaydilar: zardoʻzi zamindoʻzi va zardoʻzi guldoʻzi, shuningdek, birishimdoʻzi (ipak ishlatilganda), pulakdoʻzi (tugmasimon metall yaproqchalar qoʻllanganda) va b.

Mustahkamlovchi va tahrir choklarning bir necha xilini mohirona qoʻllanilishi hamda ularning naqsh mujassamoti bilan uygʻunlashuvi zardoʻzi buyumlarga joziba va nafosat baxsh etadi; ularning badiiy qimmati naqsh mujassamoti, xom ashyosi, tikilishi hamda zardoʻz ustaning did va mahoratiga bogʻliq. Naqsh mujassamotida keng tarqalgan anʼana 3. badiiy hunarmandlik turi sifatida Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan. Bugungi ko’rsatuvimiz qahramoni ham zardo’zlik san’ati bilan faoliyat bilan shug’ullanib kelayotgan yosh usta hunarmand Nargiza Yo‘ldosheva.

manbaa: https://www.youtube.com/watch?v=Y8HvZEWGj0k

Author: Uyushma axborot xizmati