Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Festival > Qoraqalpog‘iston Respublikasi > To‘rtko‘l tumanida Hunarmandlar bozorchasi ishga tushdi va natijada 50 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratildi

To‘rtko‘l tumanida Hunarmandlar bozorchasi ishga tushdi va natijada 50 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratildi

Ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan hunarmandlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda «To‘rtko‘l savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida «Hunarmandlar bozorchasi» ishga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida hunarmandlar bozorchasi ishga tushdi.
– Ko‘p yillardan buyon to‘rtko‘llik hunarmandlarning orzusi, istagi tumanda hunarmandlar uchun bozor tashkil etilishi edi. Hunarmandning mahsuloti qanchalik tez va ko‘p sotilsa, u o‘z ustida yana izlanadi, shogirdlar ko‘paytiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi,-deydi «Hunarmand» uyushmasining To‘rko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i Feruza Otajonova.
Hunarmandlar bozorining ochilishida tuman hokimi, «To‘rtko‘l savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Hunarmand» uyushmasi tuman bo‘limi rahbar va xodimlari, hunarmandlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
138 ta rasta, 11 ta do‘konni o‘z ichiga olgan bozorda 50ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratildi. Har bir hunarmand o‘z do‘konida usta-shogird an’analarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu hunarmandlar soni yanada oshishiga, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yanada qadr topishiga xizmat qiladi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati