Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

“Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

2023 yil 18-may kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilda Forum O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tashkil etildi. Forum BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va BMT Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil…

2023 yil 18-may kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilda Forum O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tashkil etildi. Forum BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va BMT Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ikkinchi xalqaro forumda 200 dan ortiq delegatlar, shu jumladan, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha J-PAL global tashabbusi, BMT, BMTTD, XMT, Jahon banki, YUNICYeF, OTB, FTA, GIZ va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Hilton Tashkent City mehmonxonasida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Forumda ishtirok etayotgan ishtirokchilar o‘zbek hunarmandlari  qo‘li bilan yasalgan xalq amaliy san’ati namunalarini ko‘rish va o‘zbek hunarmandchiligi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Author: Uyushma axborot xizmati