"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugun 21 aprel kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi majlislar zalida “Hunarmand” uyushmasi hamda Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamg‘armasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun 21 aprel kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi majlislar zalida “Hunarmand” uyushmasi hamda Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamg‘armasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Aziz Murtazoyev hamda Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi. Uyushma rais o‘rinbosari uchrashuvda mamlakatimizda hunarmandchilik sohasida yaratilgan imkoniyatlar, preferensiyalar haqida so‘zlab berdi va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, o‘z safida minglab zahmatkash hunarmandlarni birlashtirgan “Hunarmand” uyushmasi faoliyati bilan tanishtirdi. Jumladan, an’anaviy va zamonaviy tarzda qad ko‘targan hunarmandchilik…

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Aziz Murtazoyev hamda Fransiyaning A.S.I.E xalqaro jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi. Uyushma rais o‘rinbosari uchrashuvda mamlakatimizda hunarmandchilik sohasida yaratilgan imkoniyatlar, preferensiyalar haqida so‘zlab berdi va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, o‘z safida minglab zahmatkash hunarmandlarni birlashtirgan “Hunarmand” uyushmasi faoliyati bilan tanishtirdi.

Jumladan, an’anaviy va zamonaviy tarzda qad ko‘targan hunarmandchilik markazlari, usta-shogird maktablari, xorijiy davlatlardagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etadigan savdo uylari, o‘tkazilayotgan xalqaro va mahalliy festivallar, ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali, Xalqaro Hunarmandchilik festivali, Xalqaro Kulolchilik forumi haqida so‘zlab, mazkur xalqaro tadbirlarga mehmonlarni taklif etdi.

Uchrashuvda ikkala tomon qadimiy va boy an’analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish uchun hamkorlikda ishlashga kelishildi. O‘zbek hunarmandlari Fransiyada,fransiyalik hunarmandlar O‘zbekistonda tajriba almashib, hunar o‘rganishlariga kelishib olindi.

[bvi]